"Qamchiq Mountain Resort" xalqaro ko'p funksiyali tog' dam olish turistik zonasi
- Pop tumani
- Tog'li hudud
- 136,91 ga
Umumiy reja
“Qamchik Mountain Resort” turistik-rekreatsion majmui loyihasi “Angren-To'raqo'rg'on” yo'l bo'yi infratuzilmasini tartibli tashkil etish master-rejasi doirasida Qamchiq dovonida barcha mavsumlarda faoliyat yurituvchi yirik “Kamchik mountain resort” turistik-rekreatsion majmuasini tashkil etish loyihasi ishlab chiqilgan.
Asosiy ko'rsatkichlar.
Loyihaning umumiy qiymati: 67,3 mln evro (jumladan, byudjet mablag'lari 1,3 mln evro, xususiy investitsiyalar 66 mln evro)
Er maydoni: 136,91 gektar (Toshkent viloyati – 124 ga, Namangan viloyati – 12,91 ga) 3.
Kutilayotgan natijalar: Kunlik 2,5 ming nafar, yillik 650 ming nafar sayyoh oqimi hamda 3 000 ta yangi ish o'rinlarini yaratish
Hududiy balans va yo'nalishlar
Majmua hududining 78,2% qismi (1 071 077 m²) ko'kalamzorlashtirilgan hududlardan iborat bo'lib, qurilish maydoni 7,2% ni tashkil etadi 5. Loyiha doirasida quyidagi yo'nalishlar va zonalar tashkil etiladi:
Ekoturizm, ekstremal turizm va gastronomik turizm zonalari
Kanat yo'llari, stantsiyalar, tomosha maydonchalari va osma dor yo'llari
Mehmonxona majmualari, villalar, kempinglar, restoran va kafelar, milliy taomlar hamda etnik oshxonalar
Bolalar o'yin markazlari, kattalar o'yin markazi, charxpalak, ziplayn, rodelban, kichik zoopark va piknik hududlari
Sport majmualari, ot sporti markazi, sog'lomlashtirish va tibbiyot maskanlari, suv havzalari hamda savdo markazlari
Moliyalashtirish va amalga oshirish bosqichlari
Loyiha 2026–2027-yillarda davlat byudjeti va xususiy investorlar (jumladan, “Kamchiq Mountain Resorting MChJ” va “Dilmenler Makine Pazarlama Sanayi ve Ticaret Ltd Sti”) mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi
Chizmalar va tasvirlar
Tasvirni kattalashtirib ko'rish uchun ustiga bosing.