Namangan viloyati xokimligi xuzurida “Namangan turistik-rekreaksion xududlarni ravojlantirish diretsiyasi” davlat muasasasi

Namanganning tabiiy salohiyati — turizm uchun yangi imkoniyatlar

Tog'li hududlar, daryo bo'ylari va suv omborlari atrofidagi maydonlarni o'rganamiz, master-rejalar ishlab chiqamiz va turizm loyihalarini tadbirkorlarga taqdim etamiz.

Loyihalashtiramiz. Yaratamiz. Rivojlantiramiz.

Tasdiqlangan ko'rsatkichlar

  • 24ta loyiha PQ-220-son qarorning 7, 10-ilovasiga muvofiq jami 1621,7 gektar yer maydoni «Namangan turistik-rekreatsion hududlarini rivojlantirish direksiyasi»ga doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: https://lex.uz Holat sanasi: 2026-yil 11-iyun

Direksiyaning ish bosqichlari

Har bir hudud beshta bosqichdan o'tadi. Lot faqat hujjatlari to'liq shakllantirilgandan so'ng rasmiy elektron auksionga chiqariladi.

  1. Hududni o'rganish

    Tog'li hududlar, daryo bo'ylari va suv omborlari atrofidagi yer maydonlari joyida o'rganiladi: relyef, yer toifasi, kadastr holati va mavjud cheklovlar aniqlanadi.

  2. Turizm salohiyatini baholash

    Hududning tabiiy-iqlim sharoitlari, transport yo'llari va infratuzilma imkoniyatlari tahlil qilinib, unga mos turizm yo'nalishlari belgilanadi.

  3. Master-reja ishlab chiqish

    Turizm obyektlarini joylashtirish bo'yicha master-reja tayyorlanadi: funksional zonalar, obyektlar eksplikatsiyasi, piyoda va transport yo'llari, ko'kalamzorlashtirish yechimlari ishlab chiqiladi.

  4. Lotlarni tayyorlash

    Hudud lotlarga ajratiladi, har bir lot uchun hujjatlar to'plami, talablar, cheklovlar va taqdim etiladigan huquq turi rasmiy hujjatlarga muvofiq shakllantiriladi.

  5. E-auksion orqali taqdim etish

    Tayyorlangan lotlar E-auksion elektron auksion platformasida rasmiy e'lon qilinadi. Savdo, to'lov va shartnoma tuzish jarayoni shu platforma qoidalari asosida kechadi.

Investorlar uchun qisqa yo'riqnoma

Hududni tanlashdan rasmiy auksionga o'tishgacha bo'lgan yo'lni besh qadamda ko'rib chiqing.

  1. O'ziga mos hudud va lotni tanlash

    «Hududlar va lotlar» bo'limida tuman, hudud turi, yer maydoni, turizm yo'nalishi va lotning joriy holati bo'yicha saralab, xarita yoki karlochkalar k…

  2. Master-reja va lot hujjatlari bilan tanishish

    Lot sahifasida master-reja, obyektlar eksplikatsiyasi, rejalashtirilgan xizmat turlari va yuklab olish uchun mavjud hujjatlar keltiriladi.

  3. Infratuzilma, talablar va ishtirok shartlarini o'rganish

    Kirish yo'li, mavjud muhandislik infratuzilmasi, hujjatlardagi talablar va cheklovlar har bir lot sahifasida alohida ko'rsatiladi. Ishtirok shartlari…

  4. E-auksion'dagi rasmiy e'longa o'tish

    Lot auksionga chiqarilgan bo'lsa, lot sahifasidagi tugma aynan shu lotning E-auksion'dagi rasmiy sahifasiga olib boradi. Ariza topshirish, kafolat to…

  5. Qo'shimcha savollar bo'yicha direksiyaga murojaat qilish

    Hudud, master-reja yoki hujjatlar bo'yicha savollaringizni «Bog'lanish» bo'limidagi murojaat shakli orqali yuboring.

Auksionda ishtirok etish, ariza topshirish, kafolat to'lovini amalga oshirish va shartnoma tuzish tartibi E-auksion elektron savdo platformasida belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Direksiya veb-sayti auksion savdolarini o'tkazmaydi va to'lovlarni qabul qilmaydi.

So'nggi yangiliklar