“Norin Riverside Complex” turistik zonasi loyihasi
- Norin tumani
- Daryo bo'yi
- 23,9 ga
Umumiy reja
“Norin Riverside Complex” turistik zonasi loyihasi haqida qisqacha ma'lumot:
Joylashuvi: Namangan viloyati, Norin tumani, “Paxtakor” massivi, Norin daryosining chap sohili.
Maydoni: 23,9 gektar (dastlabki 18,3 ga edi, keyinchalik kengaytirildi).
Asosiy maqsad: Hududni zamonaviy turizm, rekreatsiya va sog'lomlashtirish maskaniga aylantirish, oilaviy dam olish, glemping, dacha, sport va ko'ngilochar xizmatlarni yo'lga qo'yish.
Tuzilishi: Hudud 108 ta lotga (16,14 ga) bo'lingan bo'lib, ular 15 ta funktsional guruhga birlashtirilgan. Shuningdek, davlat mablag'lari hisobidan 7 ta jamoat ob'ekti (kirish zonasi, amfiteatr, bolalar maydonchasi, workout, kema-restoran, panoramali terrassa va qayiq sayri) barpo etiladi. Investitsiya va muddat: Loyihaning umumiy qiymati qariyb 262,2 mlrd so'mni tashkil etadi (shundan 223,8 mlrd so'm xususiy, 38,4 mlrd so'm davlat investitsiyasi). Loyiha 2027–2029-yillarda 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ish o'rinlari: 560 tadan ortiq doimiy ish o'rni yaratiladi.
Muhim shartlar: Hudud suv muhofaza zonasida joylashgani sababli, faqat bir qavatli, engil konstruktsiyali inshootlar quriladi, oqova suvlar esa lokal tozalash inshootlari orqali tozalanadi. Lotlar investorlarga auktsion orqali taklif etiladi.
Chizmalar va tasvirlar
Tasvirni kattalashtirib ko'rish uchun ustiga bosing.