NAMANGAN VILOYaTI KOSONSOY TUMANI “OLMAZOR” MFY HUDUDIDA LOYIHALANAYoTGAN TURISTIK MASTER-REJA
- Kosonsoy tumani
- Tog'li hudud
- 100 ga
Umumiy reja
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi Olmazor MFY hududida amalga oshirilayotgan master-reja va infratuzilma loyihalari bo'yicha texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar.
1. Umumiy ma'lumot va loyihaning maqsadi: Joylashuvi: Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Olmazor MFY hududi. Asosiy yo'nalish: Hududning turizm salohiyatini oshirish, zamonaviy infratuzilma va "yashil iqtisodiyot" tamoyillarini joriy etish.
2. Energetika va "Yashil iqtisodiyot" ko'rsatkichlari: Quyosh panellari: Binolarning tom qismiga o'rnatiladigan quyosh panellari hududning umumiy elektr energiyasi sarfining 30%ini qoplaydi. Elektr energiyasi va transformatorlar: Loyiha doirasida umumiy quvvati va ta'minoti uchun 7 ta yangi transformator punkti ( Proektnaya TP №1 – TP №7, GTKP-250/10/0,4 ) o'rnatilishi rejalashtirilgan. Elektromobillar uchun infratuzilma: Avtoturargohlarda zamonaviy elektromobillarni quvvatlantirish stantsiyalari tashkil etiladi.
3. Muhandislik-kommunikatsiya va hududni yoritish: Aqlli yoritish tizimi: Fotodatchikli (sensorli) ko'cha chiroqlari to'liq quyosh energiyasida ishlaydi, harakat vaqti avtomatik yonib-o'chish rejimiga ega bo'lib, energiya tejamkorligini ta'minlaydi. Ekologik infratuzilma: Chiqindi suvlarni qayta ishlash tizimlari hamda yashil hududlar va suv havzalaridan samarali foydalanish ko'zda tutilgan.
4. Transport va logistika infratuzilmasi: Transport tarmoqlari: Avtomobil yo'llari, piyodalar va sog'lomlashtirish yo'lakchalari barpo etiladi. Jamoat transporti: Aholi va sayyohlar uchun avtobus bekatlari hamda maxsus “Shuttlebus” bekatlari tizimi yo'lga qo'yiladi.
5. Me'moriy-loyiha echimlari: Master-reja doirasida jamoat va ijtimoiy soha ob'ektlari, ochiq maydonlar, landshaft dizayni, shaharsozlik dizayn kodi, hududning individual logotipi, brendingi va 3D vizualizatsiyasi to'liq ishlab chiqilgan.
Chizmalar va tasvirlar
Tasvirni kattalashtirib ko'rish uchun ustiga bosing.