Pop tumanida turizm hududiga ajratilgan yer maydonlari o‘rganildi

Namangan viloyatida turistik-rekreatsion hududlarni izchil rivojlantirish, turizm loyihalari uchun ajratilgan er maydonlaridan samarali foydalanish hamda mavjud masalalarni joyida hal etish maqsadida Pop tumanida navbatdagi o'rganish ishlari olib borildi.

Pop tumanida turizm hududiga ajratilgan yer maydonlari o‘rganildi

Namangan viloyatida turistik-rekreatsion hududlarni izchil rivojlantirish, turizm loyihalari uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda mavjud masalalarni joyida hal etish maqsadida Pop tumanida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Namangan turistik-rekreatsion hududlarini rivojlantirish direksiyasi direktori A. Ahmedov boshchiligidagi mas’ullar Pop tumani «Qo‘shminor» MFY hududida, Qamchiq dovoni boshlanish qismida turizm maskani tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining amaldagi holatini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-iyundagi PQ–220-son qarori asosida mazkur hududdagi 50 gektar yer maydoni Namangan turistik-rekreatsion hududlarini rivojlantirish direksiyasiga biriktirilgan.

O‘rganish jarayonida ushbu maydonning 4,44 gektar qismi bo‘yicha 18 nafar fuqaro nomiga Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan avval tuzilgan ijara shartnomalari mavjudligi yuzasidan holat atroflicha muhokama qilindi.

Mas’ul tashkilotlar va fuqarolar ishtirokida yer uchastkalarining huquqiy maqomi, belgilangan tartib-taomillar hamda kelgusida hududda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan turistik loyihalar xususida tegishli tushuntirishlar berildi, mavjud masalalarni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, yer maydonlarini samarali o‘zlashtirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish, tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni belgilangan tartibda hal etish va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.