Tasdiqlangan master-reja

NAMANGAN VILOYaTI ChUST TUMANI “ChUSTNON-DO'STLAROBOD” MFY HUDUDIDA LOYIHALANAYoTGAN TURISTIK MASTER-REJA

  • Chust tumani
  • Suv ombori atrofi
  • 51,8 ga

Umumiy reja

Master-rejaning asosiy loyihaviy ko'rsatkichlari
Chust tumani «Chustnon–Do'stlarobod» mahalla fuqarolar yig'ini hududida ishlab chiqilgan «Rezaksoy: sohilbo'yi turizm majmuasi» master-rejasi suv ombori atrofida yagona turistik-rekreatsion hududni shakllantirishni nazarda tutadi.
Master-rejada mehmonxonalar, kottejlar, sog'lomlashtirish va faol turizm ob'ektlarini yagona hududda joylashtirish, sohilbo'yi dam olish maskanlarini tashkil etish hamda savdo va servis xizmatlarini rivojlantirish bo'yicha loyihaviy echimlar belgilangan.
Hududning asosiy loyihalari quyidagilardan iborat:
• mehmonxonalar va villalar;
• sanatoriy va SPA majmuasi;
• kiberarena;
• tyubing va mini-golf maydonlari;
• suv bo'yida dam olish maskanlari;
• sohilbo'yi kottejlari;
• savdo va servis ob'ektlari.
Master-rejada jami 10 ta investitsiya loti shakllantirilgan bo'lib, har bir lot bo'yicha alohida pasportlar ishlab chiqilgan.

Chizmalar va tasvirlar

Tasvirni kattalashtirib ko'rish uchun ustiga bosing.

Master-reja