TOʻRAQOʻRGʻON TUMANI SOYI BOʻYI MASTER-REJASI
- To'raqo'rg'on tumani
- Soy bo'yi
- 11,9 ga
Umumiy reja
Master-reja Kosonsoy soyining To’raqo’rg’on shahridan oqib o’tuvchi 2,67 kmlik chap qirg’og’ini yil bo’yi ishlaydigan turizm, dam olish va servis klasteriga aylantirishni nazarda tutadi. Hozirda obodonlashrilmagan, tartibsiz avtoturargoh sifatida ishlatilayotgan ≈ 11,9 ga hudud 11 ta funksional zonaga ajratiladi: unda 43 ta obyekt va inshoot joylashtiriladi, 28 ta lot esa elektron auksion orqali xususiy investorlarga taklif etiladi. Jamoat hududlari — yo’laklar, bog’lar, ko’priklar va muhandislik tarmoqlari davlat hisobidan quriladi.
Chizmalar va tasvirlar
Tasvirni kattalashtirib ko'rish uchun ustiga bosing.